21:33 / 27.08.2017
40942

Makgregorning navbatdagi raqiblari kimlar bo‘lishi mumkinligi ma'lum qilindi

Foto:mmajunkie.com

UFC chempioni Konor Makgregorning menejyeri Audi Attar irlandiyalikning navbatdagi raqiblari kimlar bo‘lishi mumkinligini ma'lum qildi

“Makgregor Neyt Diaz bilan trilogiyani yakunlamoqchi. Shuningdek, unga chaqiriq tashlayotgan Nurmagomedov bor. Bundan tashqari, UFC’ning yengil vazndagi vaqtinchalik kamariga jang o‘tkazadigan Toni Fergyuson va Kevin Li ham bor. Shuningdek, yarim yengil vaznda amaldagi chempion Maks Xollouey bilan jang o‘tkazish varianti bor. Bir so‘z bilan aytganda, variantlar ko‘p”, deb aytgan Attar.

Eslatib o‘tamiz, Makgregor Floyd Meyvezerga qarshi o‘tkazgan jangining 10-raundida texnik nokaut bilan mag‘lub bo‘ldi.

Mavzuga oid
Top