AQSh prezidenti Donald Tramp meksikaliklar dunyodagi eng jinoyatlashgan millatlardan biri ekanligi sababli AQSh va Meksika o‘rtasidagi chegarada devor zarurligini aytdi.
“Biz va jinoyat darajasi eng yuqori bo‘lgan millatlardan biri – Meksika o‘rtasida devor bo‘lishi kerak”, deb yozgan Tramp tvitterda.
Trampning aytishicha, Meksika devorning qurilishi xarajatlarini u yoki bu ko‘rinishda qoplaydi.
Avvalroq Tramp Finiksdagi chiqishida agar AQSh hukumati Meksika bilan chegarada devor qurilishini moliyalashtirishni ma'qullamasa, uni tugatish bilan tahdid qilgan.











