15:17 / 28.08.2017
5253

26 avgust kuni Toshkentda 7 ta YTH yuz berdi, 2 inson hayotdan ko‘z yumdi

Foto: KUN.UZ

2017 yilning 26 avgust kuni Toshkent shahri hududida 7 ta yo‘l-transport hodisasi qayd etilgan. Mazkur yo‘l-transport hodisalarida 7 nafar shaxs tan jarohati olgan, 2 nafar shaxs vafot etgan. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.

2017 yilning 26 avgust kuni YPX inspektorlari tomonidan jami 3019 ta huquqbuzarlik bo‘yicha ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan bo‘lib, shulardan, 800 tasini qo‘pol turdagi, 36 tasini mast holda transport vositasini boshqarish tashkil etgan. 

Toshkent shahar IIBB YHXB kompyuterlashtirilgan boshqaruv tizimi tomonidan 2017 yil 26 avgust kuni jami 740 ta huquqbuzarlik qayd etilgan bo‘lib, shulardan 375 tasini svetoforning taqiqlovchi chirog‘iga bo‘ysunmasdan harakatlanish, 365 tasini belgilangan me'yordan yuqori tezlikda harakatlanish tashkil etadi.

Mavzuga oid
Top