17:33 / 28.08.2017
8413

Germaniya tarixida eng ommaviy qotilliklar seriyasi tibbiyot xodimi tomonidan amalga oshirilgan bo‘lishi mumkin

Foto: Global Look Press

Germaniyalik tibbiyot og‘asi (medbrat) Nils Hegel 84 nafar bemorning qotilligida gumonlanmoqda. U hozirda umrbod ozodlikdan mahrum etilgan. Bu haqda Oldenburgda 28 avgust kuni ma'lum qilindi.

Hegel ma'lum dori vositalaridan atayin foydalanishda gumonlanmoqda. Buning oqibatida bemorlarda yurak yoki qon aylanishi bilan bog‘liq muammolar kelib chiqqan. Shundan so‘ng u hamkasblari hurmatini qozonish uchun bemorlarni jonlantirmoqchi bo‘lgan, biroq kishilarni qutqarish har doim ham ro‘y bermagan.

Politsiya yangi tergov doirasida uch yil davomida yuzdan ortiq tibbiy kartani o‘rgandi va ekspertiza uchun yuztadan ko‘proq eksgumatsiya o‘tkazdi.

Agarda ushbu qotilliklar sud tomonidan tasdiqlansa, bu Germaniya tarixidagi eng ommaviy qotilliklar seriyasiga aylanadi.

40 yoshli Hegel hozirda umrbod ozodlikdan mahrum etish jazosiga mahkum qilingan. Uni olti epizod bo‘yicha aybdor, deb tan olishgan. U so‘roqlar davomida o‘nlab qotilliklarni amalga oshirganini ma'lum qilgan.

Mavzuga oid
Top