19:04 / 28.08.2017
3848

Xitoyda ko‘chki yuz berdi, 37 kishi bedarak yo‘qolgan

Xitoyning Guychjou viloyatidagi Bitsze shahar okrugida yuz bergan ko‘chki oqibatida 37 kishi bedarak yo‘qoldi. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.

Mahalliy ma'muriyat ma'lumotlariga ko‘ra, bir kishi halok bo‘lgan.

Ta'kidlanishicha, ko‘chki 34 oila istiqomat qilgan uylarga tog‘ ustidan tushgan.

Avvalroq Burkina-Fasodagi oltin konida ko‘chki yuz bergani, qurbonlar bor ekani xabar qilingandi.

Top