13:24 / 28.08.2017
6787

Qirg‘izistondagi prezidentlik poygasi ishtirokchilari soni 2 barobarga qisqardi

Qirg‘izistonda prezidentlik saylovi poygasidagi ishtirokchilar soni ikki barobarga qadar kamaydi. Hozir 24 kishi mamlakatdagi oliy lavozim uchun kurashish istagida, deb xabar berdi RIA Novosti respublika MSK matbuot xizmati vakili Nuriya Toshpo‘latovaga asosan.

Qirg‘izistonda mamlakat prezidenti lavozimiga nomzodlarni ilgari surish 31 iyul kuni yakuniga yetdi. MSKga 15 oktabrga rejalashtirilgan saylovlarda ishtirok etish niyati borligi haqida 59 nomzod murojaat yo‘llagan. Ulardan ba'zilari keyinchalik o‘z arizalarini qaytarib olishgan. Shanba kuni esa prezidentlikka nomzodlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha imzo varaqalarini qabul qilish yakunlandi. Mamlakatdagi oliy lavozim uchun nomzod sifatida ro‘yxatdan o‘tmoqchi bo‘lganlar 30 ming imzoni yig‘ishi hamda MSKga 15 ming dollar miqdorida mablag‘ to‘lashi, shuningdek, davlat tilini bilish bo‘yicha majburiy testdan o‘tishlari lozim. Ro‘yxatga olish 10 sentabr kuni yakuniga yetadi.

"Bugungi kunga kelib 24 nomzod qoldi. Ulardan to‘rt nafari rasman ro‘yxatdan o‘tdi. Qolganlar saylovlar to‘g‘risidagi qonunga muvofiq yig‘ish jarayonida yoki ro‘yxatdan o‘tish uchun lozim bo‘lgan hujjatlarni ko‘rib chiqishda davom etmoqda", - deya xabar bergan agentlik suhbatdoshi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, prezident lavozimiga da'vogar bo‘lgan 15 nomzodga ro‘yxatga olishda rad javobi berilgan, ular imzoni yig‘ish bo‘yicha varaqalarni vaqtida topshirmagan. Yana besh nomzod esa MSKga davlat tilini bilish darajasi haqidagi sertifikatlarni taqdim etmagan.

Rasmiy nomzod mandatlarini mamlakatning uch nafar sobiq bosh vaziri - Temir Sariyev, Omurbek Babanov va So‘ronbay Jenbekov hamda “Onuguu-Yuksalish” parlament partiyasi yetakchisi Bakit Torobayev oldi.

Top