Yevropa Ittifoqi NATOsiz kun ko‘ra olmaydi, deb hisoblaydi alyans bosh kotibi Yyens Stoltenberg.
«NATO dunyodagi eng kuchli harbiy alyans hisoblanadi, sababi u katta bosib turish kuchiga ega. Bu kuch Vashington kelishuvining 5-moddasiga asoslangan. Unga ko‘ra, bir ittifoqchiga hujum qilish butun NATOga hujum qilish kabi qabul qilinadi», - deya ma'lum qildi u Rzeczpospolita’ga bergan intervyusida.
Stoltenberg Yevroittifoqning mudofaa siyosati haqidagi savolga javob qaytarar ekan, raqobatdan qochish lozimligini ta'kidlab o‘tgan.
«Biz ko‘proq Yevropa kuchlari, zamonaviy imkoniyatlar, mudofaaga yirikroq xarajatlarni xohlaymiz», - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi bosh kotib.
Uning so‘zlariga ko‘ra, «Yevropa NATOsiz ham yashashi mumkin ekani haqidagi safsatalardan» qochish lozim.
«Sababi NATO kollektiv mudofaaning kafolatchisi – hamda Yevropaning unga ehtiyoji bor», - deya xulosa qildi alyans rahbari.
Avvalroq NATO bosh kotibi korteji Polshada yo‘l-transport hodisasiga uchragani xabar qilingandi.