Jahon | 01:12 / 28.08.2017
4860
2 daqiqa o‘qiladi

Tillerson: AQSh qo‘shinlari Afg‘onistonda qoladi 

AQSh “Tolibon” Afg‘oniston hukumati bilan muzokaralar stoliga o‘tirmaguncha, bu mamlakatda qo‘shinlarini saqlab qolishi haqida ishora berdi. Bu haqda AQSh davlat kotibi Reks Tillerson ma'lum qildi.  

“Tramp mudofaa vaziri Mettisga Afg‘onistonda qo‘shinlar sonini belgilash va mustaqil qarorlar qabul qilishda qo‘mondonlik vakolatlarini kengaytirish kabi keng vakolatlar bergan”, deb aytgan Tillerson. Uning qo‘shimcha qilishicha, toliblar oxirgi ikki yil ichida oldinga siljiganlar, afg‘on hukumat kuchlari esa ularni ortga qaytarishga qodir bo‘lmagan.

“Afg‘onistondagi strategiyamiz borasida katta o‘zgarishlar bo‘ladi. Buning barchasi “Tolibon”ga biz Afg‘onistonda qolishimiz va hukumat hamda xavfsizlik kuchlari bilan birgalikda jangni davom ettirishimiz borasidagi ishorani jo‘natishga qaratilgan. “Tolibon” yarashuv jarayoni va mamlakatning samarali boshqaruvini yaratish maqsadida afg‘on hukumati bilan hamkorlik qilishi kerak”, deb aytgan AQSh davlat kotibi. Uning aytishicha, AQSh boshqa o‘zini Afg‘onistondagi qo‘shinlar soni va ularning bu mamlakatda  qolishlari muddati bilan cheklamasligini, biroq”muayn vaziyatdan kelib chiqib ish ko‘rishini” aytgan.

Mavzuga oid