10:15 / 28.08.2017
4857

Tramp politsiyani bronetransportyor va granatomyotlar bilan qurollantirmoqchi

Foto: vesti.ru

AQSh prezidenti Donald Tramp Barak Obamaning yana bir farmonini bekor qilib, politsiyani armiya quroli bilan qurollantirishga cheklovni bekor qilmoqchi. Bu haqda Associated Press axborot agentligi o‘z ixtiyorida bo‘lgan hujjat loyihasiga iqtibos keltirgan holda xabar bermoqda.  

Obama farmoniga ko‘ra, AQSh politsiyasi bronetransportyorlar, granatomyotlar va armiya qo‘llaydigan boshqa qurol bilan qurollanishi mumkin emas. Bunday choralar politsiyaning “jamoat tartibini yaxshiroq himoya qilishi” hamda jinoyatchilik darajasini pasaytirishga qaratilgandi. 

Obama ushbu farmonni oq tanli politsiyachilar tomondan qora tanli o‘smirning o‘ldirilishi va buning negizida butun AQSh bo‘ylab norozilik namoyishlari avj olgani bilan bog‘liq holda 2015 yilda qabul qilgan. O‘shanda politsiya namoyishchilarni tarqatish uchun gaz va bronetransportyorlardan foydalangan.

Mavzuga oid
Top