07:55 / 28.08.2017
4670

Uber’ga yangi rahbar tayinlandi

Daru Xosrovshaxi. Foto: AP

Uber taksi xizmati ijrochi direktori lavozimini bungacha Expedia turoperatoriga rahbarlik qilgan Daru Xosrovshaxi egalladi. 

48 yoshli Xosrovshaxiga Uber imiji, sarmoyachilar o‘rtasidagi o‘zaro tarang munosabatlarni tiklash, xodimlar ruhiyatini oshirish, kompaniyaning 7 yillik ziyon ko‘rishlardan keyin ko‘rsatkichlarini yaxshilash kabi muammolarni hal qilishiga to‘g‘ri keladi.

Uber asoschisi Trevis Kalanik kompaniya atrofida yuzaga kelgan bir necha mojarolar sababli iyunda kompaniya rahbari lavozimidan ketishiga to‘g‘ri kelgan. Uning iste'foga chiqishini kompaniyaning 5 nafar aksiyadori talab qilgan. 

Top