Vazirlik maktab darsliklari uchun ijara narxlarini belgiladi
Yangi o‘quv mavsumida umumta'lim maktablarini darsliklar bilan ta'minlash ijara tizimiga kiritilgan darsliklar to‘plamiga belgilangan yagona to‘lov miqdori e'lon qilindi. Bu haqda Xalq ta'limi vazirligi Axborot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, 2017/2018 o‘quv yilida umumta'lim maktablarini darsliklar bilan ta'minlash ijara tizimiga kiritilgan ta'lim o‘zbek tilida olib boriladigan maktablar uchun darsliklar ijara to‘plamiga belgilangan yagona ijara to‘lov miqdori quyidagicha belgilandi.
T/r |
Sinf |
To‘plamga kiritilgan darsliklar ro‘yxati |
To‘plamdagi darsliklar soni |
Darslik bir |
1 |
2-sinf |
Ona tili, O‘qish kitobi, Rus tili, Matematika, Atrofimizdagi olam, Odobnoma, Tasviriy san'at, Musiqa, Jismoniy tarbiya, Mehnat ta'limi. |
10 |
8 500 |
2 |
3-sinf |
Ona tili, O‘qish kitobi, Rus tili, Matematika, Tabiatshunoslik, Odobnoma, Tasviriy san'at, Musiqa, Jismoniy tarbiya, Mehnat ta'limi. |
10 |
9 800 |
3 |
4-sinf |
Ona tili, O‘qish kitobi, Rus tili, Matematika, Tabiatshunoslik, Odobnoma, Musiqa, Jismoniy tarbiya, Tasviriy san'at, Texnologiya. |
10 |
11 900 |
4 |
5-sinf |
Ona tili, Adabiyot (1,2-qism), Rus tili, Tarixdan hikoyalar, Matematika, Botanika, Tabiiy geografiya boshlang‘ich kursi, Vatan tuyg‘usi, Musiqa, Tasviriy san'at, Mehnat ta'limi, Informatika va axborot texnologiyalari. |
12 |
7 400 |
5 |
5-sinf* |
Ona tili, Adabiyot (1,2-qism), Rus tili, Tarixdan hikoyalar, Botanika, Tabiiy geografiya boshlang‘ich kursi, Vatan tuyg‘usi, Musiqa, Tasviriy san'at, Mehnat ta'limi, Informatika va axborot texnologiyalari, Matematika (iqtidorli bolalar uchun) |
12 |
9 600 |
6 |
6-sinf |
Ona tili, Adabiyot (1-2 qism), Rus tili, Tarix, Matematika, Fizika, Botanika, Informatika va axborot texnologiyalari, Geografiya, Musiqa, Tasviriy san'at, Texnologiya, Vatan tuyg‘usi. |
13 |
11 000 |
7 |
6-sinf* |
Ona tili, Adabiyot (1-2 qism), Rus tili, Tarix, Botanika, Informatika va axborot texnologiyalari, Geografiya, Musiqa, Tasviriy san'at, Texnologiya, Vatan tuyg‘usi, Matematika (iqtidorli bolalar uchun), Fizika (iqtidorlik bolalar uchun). |
13 |
15 000 |
8 |
7-sinf |
Ona tili, Adabiyot, Rus tili, O‘zbekiston tarixi, Jahon tarixi, Algebra, Geometriya, Fizika, Kimyo, Zoologiya, Geografiya, Informatika va axborot texnologiyalari, Musiqa, Tasviriy san'at, Texnologiya, Milliy istiqlol g‘oyasi va ma'naviyat asoslari. |
16 |
13 700 |
9 |
7-sinf* |
Ona tili, Adabiyot, Rus tili, O‘zbekiston tarixi, Jahon tarixi, Geometriya, Kimyo, Zoologiya, Geografiya, Informatika va axborot texnologiyalari, Musiqa, Tasviriy san'at, Texnologiya, Milliy istiqlol g‘oyasi va ma'naviyat asoslari, Algebra (iqtidorli bolalar uchun), Fizika (iqtidorli bolalar uchun). |
16 |
18 900 |
10 |
8-sinf |
Ona tili, Adabiyot (1, 2-qism), Rus tili, O‘zbekiston tarixi, Jahon tarixi, O‘zbekiston davlat va huquq asoslari, Iqtisodiy bilim asoslari, Algebra, Geometriya, Fizika, Kimyo, Odam va uning salomatligi, Geografiya, Milliy istiqlol g‘oyasi va ma'naviyat asoslari, Informatika va axborot texnologiyalari, Chizmachilik. |
16 |
8 900 |
11 |
8-sinf* |
Ona tili, Adabiyot (1, 2-qism), Rus tili, O‘zbekiston tarixi, Jahon tarixi, O‘zbekiston davlat va huquq asoslari, Iqtisodiy bilim asoslari, Geometriya, Kimyo, Odam va uning salomatligi, Geografiya, Milliy istiqlol g‘oyasi va ma'naviyat asoslari, Informatika va axborot texnologiyalari, Chizmachilik, Algebra (iqtidorli bolalar uchun), Fizika (iqtidorli bolalar uchun) |
16 |
13 900 |
12 |
9-sinf |
Ona tili, Adabiyot (1, 2-qism), Rus tili, O‘zbekiston tarixi, Jahon tarixi, Konstituttsiyaviy huquq asoslari, Iqtisodiy bilim asoslari, Algebra, Geometriya, Informatika va axborot texnologiyalari, Fizika, Kimyo, Biologiya sitologiya va genetika asoslari, Jahon iqtisodiy -ijtimoiy geografiyasi, Milliy istiqlol g‘oyasi va ma'naviyat asoslari, Chizmachilik. |
16 |
9 400 |
13 |
9-sinf* |
Ona tili, Adabiyot (1, 2-qism), Rus tili, O‘zbekiston tarixi, Jahon tarixi, Konstituttsiyaviy huquq asoslari, Iqtisodiy bilim asoslari, Geometriya, Informatika va axborot texnologiyalari, Kimyo, Biologiya sitologiya va genetika asoslari, Jahon iqtisodiy -ijtimoiy geografiyasi, Milliy istiqlol g‘oyasi va ma'naviyat asoslari, Chizmachilik, Algebra (iqtidorli bolalar uchun), Fizika (iqtidorli bolalar uchun) |
16 |
11 900 |
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014 yil 28 aprelda 2577 sonli raqam bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan «Umumta'lim maktablarini darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalar bilan ta'minlash tartibi to‘g‘risida»gi Nizomning 43-bandiga asosan darsliklar to‘plami uchun ijara to‘lovlari umumta'lim maktabining shaxsiy g‘azna hisob varag‘iga naqd pul yoki naqd pulsiz shaklda to‘lanishi mumkin.
Darsliklardan foydalanish usulidan qat'i nazar, ular yo‘qolgan yoki foydalanishga yaroqsiz holatga kelib qolgan taqdirda, o‘quvchining ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar yoxud homiylar yoki o‘qituvchilar zararni xuddi shunday darsliklar bilan qoplaydi yoxud ko‘rsatilgan qiymatini quyidagi miqdorlarda to‘laydi:
• birinchi sinf o‘quvchilarining har bir darsliklari uchun — uning bir baravari miqdorida;
• 2 – 4 sinf o‘quvchilarining har bir darsliklari uchun — uning ikki baravari miqdorida;
• 5 – 9 sinf o‘quvchilarining har bir darsliklari uchun — uning to‘rt baravari miqdorida.
Shuningdek, birinchi sinf o‘quvchilari, «Mehribonlik» uylari, maxsus maktab va maktab-internatlarning tarbiyalanuvchilari bo‘lgan o‘quvchilar va ijtimoiy yordamga muhtoj bo‘lgan oilalardagi o‘quvchilar umumta'lim maktabi kutubxona jamg‘armasi tomonidan darsliklar to‘plami bilan bepul ta'minlanadi. Quyida ta'lim TOJIK, QORAQALPOQ, RUS, TURKMAN, QIRG‘IZ, QOZOQ tillarida olib boriladigan maktablar uchun darsliklar ijara to‘plamiga belgilangan yagona ijara to‘lov miqdori bilan tanishishingiz mumkin.
Mavzuga oid
11:05 / 07.12.2022
“Xalq ta’limida bugungi qilinayotgan ishlarning natijasini 5-10 yildan keyin ko‘ramiz” - Baxtiyor Saidov
10:13 / 07.12.2022
Xalq ta’limi vaziri – qachon oxirgi marta avtobusda yurgani, 5 soat uxlashi va tizimdagi qarindosh-urug‘chilik haqida
20:37 / 22.11.2022
XTV va SSV tizimlarida budjetning 77 mlrd so‘mi noqonuniy ishlatildi
14:45 / 10.11.2022