Jahon | 08:22 / 29.08.2017
7513
2 daqiqa o‘qiladi

“Harvi” chorshanba kuni Kanadaga yetib boradi

Foto: Thomas B. Shea/AFP/Getty Images

“Harvi” dovuli kuchsizlanganidan so‘ng paydo bo‘lgan tropik po‘rtana Kanadaning Atlantika okeani qirg‘oqlariga chorshanba yoki payshanba kuni ertalab yetib boradi. Bu haqda Kanada dovullarni kuzatish bo‘yicha markazdan xabar berishgan.

Tabiiy ofatning asosiy zarbasi Yangi Shotlandiya, Nyufaundlend va Labrador viloyatlariga tushadi. "Po‘rtana o‘zi bilan kuchli yomg‘irlarni olib keladi, ular katta tezlikdagi shamollar bilan birga kuzatiladi", - deya ogohlantirishgan iqlimshunoslar.

AQShning Texas shtatiga shanbaga o‘tar kechasi yopirilgan "Harvi" dovuli Qo‘shma Shtatlarda so‘nggi 12 yildagi eng kuchlisiga aylandi. So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, tabiiy ofat tufayli 10 kishi halok bo‘lgan. Keyinchalik dovul tropik po‘rtana darajasiga qadar kuchsizlandi.

Foto: AQShga 12 yil ichidagi eng kuchli dovul yopirildi

Avvalroq AQShning yana bir shtatida “Harvi” tufayli favqulodda holat e'lon qilingani xabar berildi.

Mavzuga oid