00:46 / 29.08.2017
13946

Internet tarmog‘ida yangi Porsche Cayenne suratlari paydo bo‘ldi

Foto: Motor1.com

Internet tarmog‘ida muddatidan avval yangi avlod Porsche Cayenne krossoverining fotosuratlari paydo bo‘ldi. Motor1 portalining yozishicha, yangi modelning ekstereri va intererining suratlari Britaniyaning AutoExpress saytida paydo bo‘lgan. Biroq keyinchalik ular o‘chirilgan. Umuman olganda, krossover tashqi ko‘rinishdan avvalgi modelga o‘xshab ketadi, deyish xato bo‘lmaydi. 

Yangi «Kayyenn» old ko‘rinishi va profili jihatidan o‘xshab ketadi. Orqa chiroqlari «Panamera» ruhiyatini mujassamlashtiradi. 

Foto: Motor1.com
Foto: Motor1.com
Foto: Motor1.com

Shu bilan bir vaqtda, uning ichki qismi batamom o‘zgartirilgan. Krossover old paneliga yirik multimedia displeyi, yangi rul chambaragi, sensorli boshqaruv bloki va uzatmalar qutisi dastagida turli funksiyalarni bajaruvchi tugmachalar ham o‘rnatilgan. 

Avval xabar qilinganidek, u yangi MLB Evo platformasida barpo etilgan. Ayni shu shassi ikkinchi avlod Audi Q7 va Bentley Bentayga uchun asos bo‘lgan. Uning motorlari qatoriga olti va sakkiz silindrli dvigatellar kiradi. Shuningdek, 700 ot kuchiga teng gibridli motor ham paydo bo‘lishi kutilmoqda. 

Foto: Motor1.com
Foto: Motor1.com
Foto: Motor1.com

Uning rasmiy taqdimoti ertaga 29 avgustda taqdim qilinadi. Sentyabr oyida Frankfurt avtosalonida ommaga namoyish etildi. 

Mavzuga oid
Top