10:30 / 29.08.2017
5644

Toshkentda YTH tufayli yuk mashinasi ichida qisilib qolgan fuqaro qutqarildi

2017 yil 25 avgust kuni soat 14:23da Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tezkor navbatchisiga Toshkent shahar hokimligi Qutqaruv xizmati boshqarmasi dispetcheridan Mirzo Ulug‘bek tumanidagi «Chimgan» chorrahasida «Matiz» hamda «MAN» rusumli avtomashinalari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lganligi va avtoulov ichida bir nafar odam qisilib qolganligi to‘g‘risida xabar kelib tushdi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Ushbu xabarni olgan zahoti boshqarma qutqaruv otryadi navbatchi smena qutqaruvchilari zudlik bilan voqea joyiga etib bordilar. Voqea joyida vaziyat o‘rganilganda, haqiqatdan ham «MAN» rusumli yuk avtoulovi ichida fuqaro F.T. qisilib qolgan ekan. Qutqaruvchilar zudlik bilan maxsus asbob-anjomlar yordamida F.T.ni avtoulov ichidan chiqarib olishdi va birinchi tibbiy yordam ko‘rsatib, tez tibbiy yordam xodimlariga topshirishdi. 

O‘z vaqtida yordam ko‘rsatilishi natijasida fuqaro F.T.ning hayoti saqlab qolindi.

Top