10:16 / 29.08.2017
11517

Video: Dembele taqdimot marosimi vaqtida hayajonlandi

Foto: Barselona matbuot xizmati

«Barselona» klubining yangi futbolchisi Usmon Dembele 28 avgust kuni o‘tkazilgan taqdimot marosimi vaqtida noqulay vaziyatga tushib qoldi.

Fransiyalik futbolchi to‘pni «janklod» qilishni uddalay olmadi.

Shuningdek, Dembele to‘pni ikki marta oyog‘ida o‘ynatganidan so‘ng, uni boshidan o‘tkazmoqchi ham bo‘ldi. Ammo Usmon bu ishda ham muvaffaqiyatsizlikka uchradi.

Bu vaqtda stadionda kataloniyaliklarning 17 mingdan ortiq muxlisi to‘plangandi.

Usmon Dembele Neymarga o‘rinbosar sifatida sotib olindi. Uning transferi uchun jamoa 105 million yevro to‘ladi, yana 40 million yevro bonuslar sifatida to‘lanishi mumkin.

Top