Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Erdo‘g‘anning 15 nafar tansoqchisiga ayblov e'lon qildi
AQSh sudi Turkiya jumhuriyati prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an tansoqchilarini shu yilning may oyida Vashingtondagi tartibsizliklarda ishtirok etganlikda aybladi. Bu haqda Kolumbiya okrugi prokuraturasi xabarida ma'lum qilinmoqda.
Kanada va AQShning ikki nafardan fuqarosi ham "shaxs ustidan zo‘ravonlik qilish uchun til biriktirish"da ayblanmoqda. Hujjatda ta'kidlanishicha, 19 nafar ayblanuvchi may oyidagi tinch namoyishlarda "xavfli quroldan foydalangan holda hujum uyushtirgan" va "namoyishchilarni oyoqlari bilan tepgan". Ularga 15 yilgacha qamoq jazosi tahdid solmoqda.
16 may kuni Turkiya elchixonasining AQShdagi binosi yaqinida Anqaradagi hozirgi hukumatga tarafdorlar va qarshilar o‘rtasida to‘qnashuv yuz bergan edi. Bu vaqtda Erdo‘g‘an shu yerda bo‘lgan. Buning natijasida 9 kishi jabrlandi, ularning 2 nafari jiddiy jarohatlangan.
Mavzuga oid
22:21 / 23.06.2026
Tramp Eronning muzlatilgan mablag‘lari faqat oziq-ovqat va dori-darmonga sarflanishini aytdi
09:45 / 23.06.2026
Shveytsariyadagi muzokaralardan so‘ng Eron nefti uchun yo‘l ochildi
22:25 / 22.06.2026
AQSh Eronga neft sotishga vaqtincha ruxsat berdi
13:28 / 22.06.2026