Xitoy Hindiston chegaradagi Doklam tumanida ro‘y bergan qarama-qarshilikdan kerakli xulosa chiqarib olishi va kelajakda shunday hodisalardan qochishiga umid qilmoqda. Bu haqda XXR TIV rahbari Van I matbuot anjumanida ma'lum qildi.

"Biz umid qilamizki, Hindistonga ushbu hodisalar dars bo‘ldi va ushbu mamlakat kelajakda shunga o‘xshash vaziyatlar kelib chiqishidan qochadi", - deya ma'lum qildi Van I.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy ikki mamlakat munosabatlari barqaror rivojlanishiga umid qilmoqda, sababi bu nafaqat Pekin hamda Nyu-Dehli, balki qo‘shni davlatlarning manfaatlarini ham qamrab oladi.

Avvalroq Hindiston va Xitoy chegaradagi chigal vaziyat bo‘yicha bir qarorga kelgani xabar berilgandi.