Xyustonda toshqinlar sababli komendantlik soati kiritildi

Foto: AFP
AQShning yirikligi bo‘yicha 4-shahri bo‘lgan Xyustonda “Harvi” dovuli olib kelgan toshqinlar sababli komendantlik soati kiritildi. Bu haqda shahar meri Silvestr Terner va politsiya shefi Art Asevedo matbuot anjumanda ma'lum qildilar.
Komendantlik soati soat 22dan soat 5gacha amal qiladi. Merning aytishicha, komendantlik soati toshqin tufayli tashlab ketilgan uylarda o‘g‘irlik va suv ostida qolgan yo‘llarda haydovchilar bilan baxtsiz hodisalar yuz bermasligining oldini olish maqsadida kiritilmoqda.
“Komendantlik soati unga zarurat qolmaguncha amal qiladi”, deb aytgan shahar meri.
Aholisi 6,5 mln dan ko‘proq bo‘lgan Xyuston dovul oqibatida toshqinlarga duch keldi. “Harvi” dovuli 2005 yildagi “Katrina” dovulidan keyin AQSh hududida oxirgi 12 yil ichida sodir bo‘lgan eng vayronkor dovul bo‘ldi.
Tavsiya etamiz
“Gentra – qorong‘ilik timsoli” – Mirshakar Fayzulloyev
O‘zbekiston | 19:25 / 20.04.2025
AQShda bir oy ichida minglab talabalarning vizalari bekor qilindi
Jahon | 23:47 / 18.04.2025
Toshkent viloyatidagi ba’zi yo‘llarda ruxsat etilgan tezlik 80 km/soatgacha cheklandi
O‘zbekiston | 23:28 / 18.04.2025
Orol dengizining qurigan tubi yildan yilga ko‘tarilib borayotgani aniqlandi
O‘zbekiston | 19:14 / 18.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«BAAda o‘limga hukm qilingan o‘zbekistonliklar jazosini yengillatish borasida harakatlar olib borilyapti» – TIV
Jamiyat | 15:50
-
Qulupnaychilar qishlog‘i: O‘qchidan reportaj
Jamiyat | 15:15
-
Maskning AQSh hukumatidagi ta’siri tobora kamayib bormoqda
Jahon | 14:42
-
“Hokimning xizmat mashinasi 47 ta qoidabuzarlik sodir etgan” – YHXB Namangan shahar hokimiga javob qaytardi
O‘zbekiston | 14:29
Mavzuga oid

19:01 / 29.08.2022
Iroq hukumati Bag‘dodda komendantlik soati joriy etildi

16:52 / 13.07.2022
Qoraqalpog‘istonda favqulodda holat rejimi yumshatildi

22:01 / 15.08.2021
Kobulda komendantlik soati kiritiladi

11:34 / 27.07.2021