Isroilning Qohiradagi elchisi Devid Govrin Misrga to‘qqiz oydan so‘ng qaytib keldi, deb xabar bermoqda Anadolu.

Ta'kidlanishicha, Misrni o‘tgan yilning noyabrida tark etgan diplomat Qohiraga 29 avgust kuni Isroil poytaxti Tel-Avivdan uchib kelgan.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, u Misrga Isroil diplomatik vakolatxonasi ishining tiklanishi bilan bog‘liq xavfsizlik choralarini muhokama qilish uchun kelgan.

Foto: ILand.tv

2016 yilning noyabrida Isroilning Qohiradagi elchixonasi xodimlari elchi David Govrin boshchiligida Misrni hech qanday tushuntirishlarsiz tark etishgandi.

Avvalroq AQSh inson huquqlarining buzilishi tufayli Misrga 300 mln dollar ajratishdan bosh tortgandi.