10:54 / 30.08.2017
4601

Tereza Mey Xitoyning KXDRga bosimi juda muhim ekanini aytdi

Foto: AP

Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Meyning ma'lum qilishicha, Xitoy tomonidan bosim Shimoliy Koreyani ushlab turuvchi eng yaxshi omildir. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Shuningdek, u KXDRning so‘nggi raketa sinovini fitna, deb atadi.

«Biz KXDR hukumati shunday harakatlardan o‘zini tiyib turishi lozimligini kafolatlashimiz kerak. Mening fikrimcha, buni Xitoy tomonidan bosim orqali ta'minlash mumkin», - degan Mey.

Avvalroq BMT Xavfsizlik Kengashi KXDR bo‘yicha bayonot bilan chiqqandi.

Mavzuga oid
Top