Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonni Qozog‘iston bilan bog‘lovchi gaz quvuri uchastkasi ishga tushirildi
Foto: Fotolia / Vitaliy Hrabar
Qirg‘iziston va Rossiyaning «Gazprom» kompaniyasi «Soquluq» gaz taqsimlash stansiyasining «Buxoro gaz tarmog‘i tumani - Toshkent - Bishkek - Olmaota» magistral gaz quvurini ishga tushirdi. Bu haqda Uzdaily.uz xabar bergan.
«Buxoro gaz tarmog‘i tumani — Toshkent—Bishkek—Olmaota» Qirg‘iziston Respublikasining 2030 yilgacha gaz ta'minoti va gazlashtirish umumiy sxemasi bo‘yicha ishlab chiqilgan va amalga oshirilgan birinchi loyihadir.
Gaz quvuri Qozog‘iston-Qirg‘iziston chegarasidan «Soquluq» stansiyasiga qadar bo‘lgan hududda yotqizildi. Uchastkaning ishga tushirilishi tufayli Qirg‘iziston hududidagi gaz quvurining o‘tkazish imkoniyati qariyb ikki marotabaga oshadi.
«Soquluq» yangi gaz taqsimlash stansiyasining qurilishi tabiiy gazni ham sanoat korxonalari, ham Chuy viloyati iste'molchilariga yuqori darajada yetkazib berishni ta'minlaydi. Uning rejali quvvati sutkasiga 240 ming m3 gazni tashkil qiladi.
Mavzuga oid
20:56 / 16.01.2026
Qirg‘izistonda telekanallarga rus tilidagi kontent namoyishi qisman cheklandi
19:20 / 12.01.2026
Makkada qirg‘izistonlik ziyoratchilar uchun bepul mehmonxona qurilishi boshlandi
18:09 / 07.01.2026
Qirg‘iziston va Tojikiston fuqarolari ham AQSh vizasi uchun 15 ming dollargacha garov to‘laydi
15:22 / 07.01.2026