20:59 / 31.08.2017
12646

Yoz mavsumida Toshkent viloyatidagi suv havzalari va daryolarda 40 dan ko‘proq odam cho‘kib ketdi

Foto: tvp.uz

Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumanida yashagan, 1962 yilda tug‘ilgan D.Nurxo‘jayev G‘azalkent shahri hududidan oqib o‘tuvchi Parkent daryosida cho‘milish vaqtida cho‘kib ketdi. Bu haqda Toshkent vilotyati prokuraturasi saytida ma'lum qilingan. 

Prokuraturaning ta'kidlashicha, bunday baxtsiz hodisalar yoz mavsumida ko‘plab qayd qilingan. Yozda Toshkent viloyatidagi suv havzalari va daryolarda 40 dan ko‘proq odam, jumladan 5 nafar balog‘atga yetmagan bola cho‘kib ketgan.

Ushbu voqealarga sabab bo‘lgan asosiy omil xavfsizlik qoidalari buzilishi, jumladan taqiqlangan joylarda suzish, suvga mast holatda tushish va bolalarning ota-onalar tomondan qarovsiz qoldirilishi bo‘lgan.

Viloyat huquq-tartibot idoralari bunday hodisalarning oldini olish maqsadida fuqarolarga suvdagi xavfsizlik qoidalariga qat'iy rioya qilishni va har qanday vaziyatda ham bolalarni qarovsiz qoldirmaslikni tavsiya qilishadi.

Top