08:37 / 31.08.2017
7380

Texasni dovuldan keyin tiklashga 125 mlrd dollardan ko‘proq mablag‘ talab qilinishi mumkin

Foto: AP

“Harvi” dovuli oqibatida vujudga kelgan tropik shtormdan ko‘rilgan talofatdan keyin Texas shtatidagi tiklash ishlariga 125 mlrd dollardan ko‘proq mablag‘ talab etilishi mumkin. Bu haqda shtat gubernatori Greg Ebbot matbuot anjumanda aytib o‘tdi. 

U shtatdagi vaziyatni 2005 yilda “Katrina” dovulidan keyin Yangi Orlean shahrida kuzatilgan ayanchli holatga qiyosladi. “Katrina” oqibatlarini bartaraf etish uchun aynan 125 mlrd dollar ajratilgandi. Ebbotning fikricha, “Harvi” oqibatlarini bartaraf etishga fojia ko‘lami sababli ko‘proq pul kerak bo‘ladi. 

Bloomberg axborot agentligi tomondan so‘ralgan mutaxassislar Texas energotizimi, shtatdagi yo‘llar va korxonalarni tiklash uchun 30 mlrd dollardan ko‘proq mablag‘ talab qilinishini aytishgan. 

“Harvi” Texasga 25 avgust kuni yopirildi. Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, tabiiy ofat kamida 38 kishining umriga zomin bo‘ldi. 

Mavzuga oid
Top