08:38 / 01.09.2017
6127

“Harvi” sikloni Missisipi va Tennessi shtatlari tomon harakatlanmoqda

Foto: AP Photo / LM Otero

Kuchsizlashgan “Harvi” sikloni AQShning Missisipi va Tennessi shtatlari tomon harakatlanmoqda. Shu sababli bu shtatlarda kuchli yomg‘irlar va toshqinlar bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda AQShning dovullardan ogohlantirish milliy markazi ma'lum qilgan.

Hozir siklon Missisipi shahridagi Grinvud shahridan 45 km uzoqlikda kuzatilmoqda.

“Harvi” dovuli Texas shtatiga rekord darajadagi toshqinlar olib keldi. Ma'lum qilinishicha, uning oqibatlari tufayli 40 kishi halok bo‘lgan, 13 mingdan ziyodroq odam qutqarib qolingan. Tabiiy ofat 100 mingga yaqin uyga ta'sir qilgan.

Top