Nashrning ta'kidlashicha, Tramp va Tillerson o‘rtasida AQShning Afg‘onistondagi qo‘shinlari soni, Qatar va Kubaning iqtisodiy qamal qilinishi masalalari bo‘yicha kelishmovchiliklar yuzaga kelgan.

Trampga yaqin manbalarning aytishicha, Tramp Milliy iqtisodiy kengash direktori Geri Kon uni qo‘llab-quvvatlamasligidan “g‘azab otiga mingan”. Jumladan, Kon Trampni Sharlotsvilldagi voqealarga munosabati sababli tanqid qilgandi.

“Hozir u og‘ir damlarni boshdan kechirmoqda. U OAVning munosabatidan norozi. Unga Oq uy apparati boshlig‘i Kellining munosabati yoqmayapti”, deb aytgan manbalardan biri Tramp haqida.

Iyulda Tillerson AQSh davlat kotibi lavozimini tark etishni rejalashtirmayotganini ma'lum qilgandi.