23:59 / 01.09.2017
5948

Tramp va Janubiy Koreya prezidenti raketalar bo‘yicha kelishuvni qayta ko‘rib chiqishmoqchi

Foto: AP/Susan Walsh

AQSh va Janubiy Koreya prezidentlari Donald Tramp va Mun Chje In telefon orqali suhbatda Shimoliy Koreyani bostirib turishni kuchaytirish maqsadida Seul tomondan ballistik raketalar texnologiyalarini rivojlantirish va ularni joylashtirish bo‘yicha kelishuvlarni qayta ko‘rib chiqishga kelishib oldilar. Bu haqda Janubiy Koreya prezidenti idorasiga iqtibos keltirgan holda “Ryonxap” axborot agentligi xabar berdi. 

“Ikki yetakchi Shimoliy Koreya tomondan ig‘volar va tahdidlarga qarshi turish uchun Janubiy Koreya mudofaa qobiliyatini mustahkamlash zarurligini qayd etdilar va raketa texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha kelishuvlarni Janubiy Koreya istaklariga muvofiq holga keltirish uchun qayta ko‘rib chiqishga kelishdilar”, deb aytilgan xabarda.  

“Prezident Mun va prezident Tramp Shimoliy Koreya yadro dasturi masalasini tinchlik bilan hal qilish uchun Shimoliy Koreyaga maksimal sanksiyalar qo‘llash va bosim o‘tkazish yo‘li bilan uni muzokaralar stoliga keltirish kerakligi fikrini qo‘llab-quvvatlashlarini tasdiqlaganlar”, deb qo‘shimcha qilingan xabarda.

Tramp va Mun Chje In, shuningdek, BMT Bosh assambleyasining sentabrdagi yangi sessiyasida ikki tomonlama muzokaralarni o‘tkazishga kelishib oldilar. Suhbat 40 daqiqa davom etgan.

 

Top