14:58 / 02.09.2017
19068

Yashnobod tumanida “Do‘stlik” istirohat bog‘i foydalanishga topshirildi

Foto: “Do‘stlik” istirohat bog‘i 

Yashnobod tumanida “Do‘stlik” nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i majmuasi foydalanishga topshirildi.

Ta'kidlash joizki, ushbu maskan Eng ulug‘ va eng aziz bayram – mustaqilligimizning 26 yillik bayrami kunida poytaxt aholisiga yana bir tuhfa bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Yashnobod tumaniga tashrifidagi tashabbusi bilan “Do‘stlik” madaniyat va istirohat bog‘ majmuasini qurish ishlari joriy yilning 11 may kuni boshlangan edi.

Qisqa muddat davom etgan qurilish ishlari 25 avgust kuni yakuniga yetkazildi.

Foto: “Do‘stlik” istirohat bog‘i 

Ushbu bog‘da 20 ta zamonaviy attraksionlar, jumladan, “Mevali Karusel”, “Quvnoq Meduza”, “Ummon parovozi” “Avtodrom”, “Energiya bo‘roni”, “Qaroqchilar kemasi”, “Drift” va boshqa attraksionlar bolalarning quvnoq dam olishlariga xizmat qilish bilan birga, ularning narxini hamyonbopligi ham dam oluvchilarning e'tirofiga sazovor bo‘lmoqda.

Maskanning o‘ziga xosligi “BOOK” kafesi hamda sokin maskanning tashkil etilganidir. Bu yerda tashrif buyuruvchilar yengil tamaddi qilishi va, eng muhimi, kitob o‘qishlari uchun sharoit va kutubxona tashkil etilgan.

Foto: “Do‘stlik” istirohat bog‘i 

Bundan tashqari, bog‘dagi “Do‘stlik” kafesi, savdo shahobchalari, ko‘ngilochar tomoshalar, multfilm qahramonlari timsollari tashrif buyuruvchilar xizmatida.

Istirohat bog‘i nafaqat o‘yin dastgohlari bilan, balki o‘zining boshqa ko‘ngil ochar maskanlari bilan ham mehmonlarning e'tiborini jalb qilishga qodir. Xususan, hududga kirish bilan, dunyoga mashhur yodgorliklarnig kichraytirilgan nusxalari diqqatni o‘ziga jalb qiladi. Bu yerda AQShdagi Ozodlik haykali, Hindistondagi muhabbat timsoli  bo‘lmish Toj Mahal maqbarasi, dunyoning “yetti mo‘jizasi”dan biri - Misr ehromlari, Fransiya timsoli - Eyfel minorasi bilan birga, yurtimizdagi tarixiy qadamjolar Ismoil Somoniy maqbarasi, Minorai Kalon, Sherdor madrasasi nusxalarini ko‘rish bilan bir qatorda, ular haqida ma'lumotga ega bo‘lish mumkin.Ushbu tarixiy me'morlik durdonalari va dunyodagi diqqatga sazovor maskanlarning maketlari tashrif buyuruvchilar, ayniqsa yoshlarning ma'naviy dunyoqarashlari o‘sishiga xizmat qiladi.

Foto: “Do‘stlik” istirohat bog‘i 

Shu bilan birga, bog‘ hududiga turli sokin, musiqali, ko‘ngilochar favvoralar so‘limlik baxsh etmoqda.

Bundan tashqari, bog‘da turli konsert va tomoshalar o‘tkazish uchun 250 o‘ringa mo‘ljallangan amfiteatr tashkil etilgan bo‘lib, u turli bayramlar va ommaviy tadbirlarda aholining hordiq chiqarishlari uchun imkon yaratadi.

Foto: “Do‘stlik” istirohat bog‘i 

Yashnobod tumanidagi “Do‘stlik” madaniyat va istirohat bog‘i majmuasining tashkil etilishi jarayonida, hududdan oqib o‘tuvchi “Qorasuv” kanali qirg‘oqlari ham obodonlashtirildi – ko‘kalamzorlashtirildi, aholining sayr qilishi, dam olishi uchun qulay saylgohga aylantirildi.

Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, “Do‘stlik” madaniyat va istirohat bog‘ida poytaxt aholisi va mehmonlarning dam olishi uchun qulay va munosib shart-sharoitlar yaratilgan.

Foto: “Do‘stlik” istirohat bog‘i 

Istirohat bog‘inig manzili: Yashnobod tumani, Murg‘ob 1-berk ko‘chasi va O‘sh 1-tor ko‘chasi,  6-A uy.

Mo‘ljal: “Nuroniy” shahar klinik shifoxonasi yonida.

Reklama huquqi asosida

Top