15:46 / 02.09.2017
30837

Bekhem asr transferini amalga oshirmoqchi

Foto: Sport Ekspress

Angliya terma jamoasi sobiq yarimhimoyachisi Devid Bekhem «Real» hujumchisi Krishtianu Ronalduni o‘zining «Mayami» jamoasiga taklif qilmoqchi. Bu haqda A Bola nashri xabar tarqatdi.

Portugaliyalik futbolchining madridliklar bilan shartnomasi 2021 yilda nihoyasiga yetadi. Shartnoma tugagan vaqtda Ronaldu 36 yoshda bo‘ladi.

Mayami shahrida tashkil qilinayotgan jamoa hozircha MLSda ishtirok etmaydi. Bekhem jamoasining ligada ishtiroki klub uchun quriladigan stadionning loyihasini tasdiqlanishi va uning qurilishiga ruxsat berilishiga bog‘liq bo‘lib turibdi.

Mavzuga oid
Top