09:24 / 02.09.2017
7577

Nyu York shahrida yirik yong‘in yuz berdi

Foto: twitter.com/FDNY

Nyu Yorkning Traybek tumanida yirik yong‘in yuz berdi. Bu haqda Nyu York o‘t o‘chirish departamentining Twitter sahifasida xabar qilingan. 

Associated Press agentligining xabar qilishicha, yong‘in yuz bergan bino Jahon savdo markazidan uncha uzoq bo‘lmagan yerda joylashgan. 

Hodisa joyida 170 nafar o‘t o‘chiruvchi vazifasini bajarmoqda. Jabrlanganlar to‘g‘risida ma'lumotlar yo‘q. 

Top