21:40 / 02.09.2017
5987

Tehron barcha davlatlar bilan munosabatlarni rivojlantirishi kutilmoqda

Foto: AFP

Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif mamlakat prezidenti Hasan Ruhoniyning ikkinchi prezidentlik muddatida Tehron barcha davlatlar bilan munosabatlarni har tomonlama rivojlantirishiga umid bildirdi. 

Ruhoniy ikkinchi muddatga 2017 yil may oyida qayta saylangan. Avgustda uning inauguratsiyasi hamda yangi hukumat tarkibi tasdiqlanishi marosimi bo‘lib o‘tdi.

“Butun dunyo bilan keng aloqalar e'tiborimiz obekti hisoblanadi. Umid qilamanki, Eron yadroviy dasturini hisobga olganda, bu aloqalar uchun to‘siqlarni ancha darajada bartaraf etoldim. Keyingi 4 yil Eronning dunyo bilan aloqalarining har tomonlama rivojlanishi 4 yili bo‘ladi”, deb aytgan Zarif.

Uning aytishicha,  bunday siyosatga amal qilishni Eron oliy yetakchisi Ali Hameneiy Ruhoniy inauguratsiyasi vaqtida buyurgan. Ruhoniyning o‘zi esa inauguratsiya vaqtida Eronning boshqa davlatlar bilan munosabatlarni rivojlantirishi nafaqat davlatning ongli qarori, balki dunyoda tinchlikni ta'minlash uchun zarur ekanligini ta'kidlab o‘tgan.

Top