Ramzan Qodirov Myanma hukumatiga murojaat qildi

Foto: TASS
Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Myanmada musulmonlarning katta bosim ostida qolayotganida hukumat aybdor, degan fikrni ilgari surmoqda. Shuningdek, u Instagram'dagi sahifasi orqali norasmiy murojaatini yo‘llagan.
Bir hafta davomida o‘tkazilgan bosimlar natijasida va harbiylarning hujumi tufayli 58 mingga yaqin rohingyalar o‘z uylarini tark etishga majbur bo‘ldi. Musulmon bo‘lgani uchun ularning 2600ga yaqin uyiga o‘t qo‘yildi. Muhojirlarni hozircha Bangladesh qabul qilmoqda, shuningdek, Turkiya ham qabul qilishini ma'lum qilmoqda.
«Jurnalist va inson huquqlari himoyachilari musulmonlar qatliomi o‘tkazilayotgan Rakxayn shahriga kiritilmayapti. Lekin 50 milliondan ortiq aholisi bor, ulardan 90 foizi buddizmga e'tiqod qiluvchi mamlakat harbiylari maxsus mashinalarda shahar ichiga kirib bormoqda. Siyosatchi va davlat rahbarlarining bu holatga munosabati, ularning befarqligi yoki e'tiborsizligi bilan o‘lchanmoqda», deydi Qodirov.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 3 sentabr kuni Myanmaning Rossiyadagi elchixonasi joylashgan ko‘chada musulmonlarning mitingi bo‘lib o‘tdi.
Ma'lumot uchun, joriy yilning 18 mart kuni Rossiya BMTning Xavfsizlik Kengashida Myanmadagi musulmon rohingyalarga yordam berish maqsadida kiritilgan rezolyutsiyaga veto qo‘ygan, oqibatda rezolyutsiya qabul qilinmagan.
Tavsiya etamiz
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
Isroil Suriyani bombaladi. Turkiya nega sukutda?
Jahon | 12:44 / 06.05.2025
May oyida vodiyda me’yorga yaqin harorat kutiladi, mamlakatning katta qismida oy xuddi iyun kabi o‘tadi
O‘zbekiston | 11:17 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Hindistonning Jammu aeroportida portlashlar yuz berdi - AFP
Jahon | 00:23
-
Toshkentdan Lohurga uchadigan reyslar bekor qilinadi
O‘zbekiston | 23:40 / 08.05.2025
-
Toshkentning ayrim ko‘chalarida 9 may kuni transport vositalari harakati cheklanadi
Jamiyat | 23:21 / 08.05.2025
-
"Ekkan hosiligacha bozor bahosida hisob-kitob qildik" - Shuhrat Abdurahmonov
O‘zbekiston | 22:49 / 08.05.2025
Mavzuga oid

20:04 / 08.05.2025
Putin Ramzan Qodirovning iste’foga chiqishiga ruxsat bermadi

11:42 / 07.05.2025
Ramzan Qodirov iste’fo so‘rashi haqida gapirib, keyin «uni noto‘g‘ri tushunishgani»ni aytdi

08:29 / 09.04.2025
Adam Qodirovga «maxsus harbiy operatsiya»dagi hissasi uchun jangovar mukofot topshirildi

18:09 / 07.04.2025