11:20 / 03.09.2017
14579

O‘zil o‘zini tanqid qilgan afsonalarga javob qaytardi

Foto: BBC Sports

«Arsenal» yarim himoyachisi Mesut O‘zil Germaniya terma jamoasi bilan JCh-2018 saralashi doirasida Chexiyaga qarshi kechgan uchrashuvdan keyin o‘ziga bildirilgan tanqidlarga munosabat bildirdi.

«Kecha Germaniya Rossiyada o‘tadigan jahon chempionati uchun katta qadam tashladi. Chexiya ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozondik. Ikki kundan beri terma jamoadagi do‘stlarim mendan «Arsenal»da nimalar ro‘y berayotgani haqida so‘ramoqda. Ular jamoadagi holatni inqiroz deb hisoblashmoqda. Bunday qarash OAVda bir qator ekspertlar va jamoaning sobiq futbolchilari bildirayotgan fikrlar tufayli paydo bo‘lgan.

Men Londondaligimda ko‘pdan-ko‘p tanqidlarni qabul qilib olmoqdaman. «Haddan tashqari qimmat, o‘ta ochko‘z, jismonan yomon holatda va dangasa», – men haqimda shunday deyishmoqda 

Bunday fikr bildirayotganlarning ko‘pchiligi meni bilmaydi. Yana jamoaning sobiq futbolchilari fikrlar bildirishmoqda – ular «Arsenal» bilan muvaffaqiyatga erishgan futbolchilar. Futbolchilar tanqid qilinishi tabiiy, ammo men futbolchilar futbolchilarni tanqid qilishini tushunmayman, men afsonalar o‘zlarini afsonalarga xos tutishini kutgandim. Men ulardan – tanqidni to‘xtatib, futbolchilarni qo‘llab-quvvatlashni boshlashni so‘rab qolaman.

Bu mavsum qanday kechishidan qat'i nazar, men «Arsenal»dagi beshinchi mavsumimni ham a'lo darajada o‘tkazishni istayman. «Arsenal» — katta klub, bu klubda buyuklar o‘ynashgan va klubning o‘z an'analari bor. Bu klub futbolkasini kiyishimdan faxrlanaman. O‘tgan 4 yilda menda ajoyib lahzalar bo‘ldi, men bu lahzalarni qadrlayman. Londondagi, Buyuk Britaniyadagi va butun dunyodagi muxlislarga minnatdorchilik bildiraman», — deya yozgan u «Feysbuk»dagi sahifasida.

Top