10:08 / 04.09.2017
4977

G‘azalkentda talonchi qo‘lga olindi

Bo‘stonliq tumani G‘azalkent shahrida yashovchi 1978 yilda tug‘ilgan N.X. 19 avgust kuni soat 19.00 larda, G‘azalkent shahri Miskin ko‘chasida ketayotgan vaqtida noma'lum shaxs uni qo‘lidagi narxi taxminan 175.000 so‘m bo‘lgan 1 dona “Samsung” rusumli uyali aloqa telefoni va 25.000 so‘m pullarini tortib olib ketadi. Bu haqda Toshkent viloyati IIB xabar bergan.

Olib borilgan tezkor chora tadbirlar natijasida ushbu jinoyatni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Amudaryo tumanida yashovchi 1987 yilda tug‘ilgan Q.B. sodir etganligi aniqlanib, ushlandi. 

Ushbu holat yuzasidan unga nisbatan talonchilik jinoyatini sodir etganligi uchun jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergovni IIB olib bormokda.

Mavzuga oid
Top