09:37 / 04.09.2017
9297

Xitoyda BRIKS sammiti boshlandi

Foto: Reuters

4 sentabrda Xitoyning Syamen shahrida BRIKS sammiti boshlandi. Anjuman mehmonlarini shaxsan Xitoy raisi Si Tszinpin kutib oldi. Dastlab Rossiya, Braziliya, Hindiston, Xitoy va JAR yetakchilari birgalikda suratga tushish marosimida ishtirok etishdi. Shundan so‘ng birinchi yalpi masjlis boshlandi.

Muzokaralar yopiq eshiklar ortida o‘tmoqda. Yaqin daqiqalarda kengaytirilgan tarkibdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tadi. Ko‘riladigan asosiy mavzular Koreya yarimorolidagi vaziyat, milliy xavfsizlik va rivojlanish masalalari, BRIKSga a'zo davlatlar hamkorligi, gumanitar almashinuvlar va madaniyat sohasidagi hamkorlik bo‘ladi. Sammit yakuniga ko‘ra Syamen deklaratsiyasi qabul qilinishi kutilmoqda.

BRIKS guruhi 2006 yil iyunda Peterburg xalqaro iqtisodiy anjumani vaqtida tuzilgan. O‘shanda unga Braziliya, Rossiya, Hindiston va Xitoy kirgan. Guruhning birinchi sammiti 2009 yilda o‘tgan. 2011 yil fevralda guruhga Janubiy Afrika Respublikasi qo‘shilgan.

Top