13:25 / 04.09.2017
43182

Ramzon Qodirov Myanma bo‘yicha navbatdagi bayonot bilan chiqdi

Foto: TASS/Mixail Mettsel

Checheniston rahbari Ramzon Qodirov Myanmada rohingya musulmonlarining ommaviy qirg‘iniga o‘z instagramidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiya davomida izoh berdi. Bu haqdagi videoyozuv YouTube’da joylashtirildi.

«Agar Rossiya jinoyatlarni amalga oshirayotgan shaytonlarni qo‘llab-quvvatlaydigan bo‘lsa, men uning pozitsiyasiga qarshiman. Sababi menda o‘z pozitsiyam va o‘z qarashlarim bor», - dedi u.

Shu bilan birga, uning ishonch bildirishicha, hech kim «qotillar va zo‘ravonlarni» qo‘llab-quvvatlamaydi.

Avvalroq Ramzan Qodirov Myanma hukumatiga murojaat qilgandi.

Mavzu
Myanma fojialari

O‘tib borayotgan hafta davomida Myanmada istiqomat qiluvchi kam sonli rohingya jamoalari yashaydigan 2,600 dan ortiq uylarga o‘t qo‘yildi.

Barchasi
Top