11:38 / 04.09.2017
3807

Tayvan bosh vaziri iste'foga chiqish uchun ariza berdi

Foto: Reuters/Tyrone Siu

Tayvan hukumati bosh vaziri Lin Tsyuan iste'foga chiqish uchun ariza berdi, deb xabar qilmoqda Reyter agentligi hukumat vakiliga asosan.

Agentlikning ta'kidlashicha, bu anchadan beri kutilgan voqea bo‘lib, Tayvan ma'muriyati rahbari Tsay Invenni jamoatchilik qo‘llab-quvvatlamayotgani bilan bog‘liq.

XXR markaziy hukumati va orol viloyat o‘rtasidagi rasmiy munosabatlar 1949 yilda to‘xtagan. Bu Gomindanning Chan Kayshi boshchiligidagi kuchlari Xitoy kommunistik partiyasi bilan fuqarolik urushda mag‘lub bo‘lgach, Tayvanga o‘tib ketgani sababli ro‘y bergan. Tayvan va Xitoy o‘rtasidagi norasmiy aloqalar 1980-yillar oxirida tiklandi. 1990-yillar boshidan esa tomonlar nohukumat tashkilotlar orqali aloqaga kirisha boshlagan.

Mavzuga oid
Top