10:02 / 05.09.2017
4049

8,5 ming dollarlik tilla buyumlarni aldov yo‘li bilan egallab olgan ayol fosh etildi

2017 yilning fevral oyida, noma'lum shaxs, o‘zganing mulkini aldov va ishonchini suiiste'mol qilish yo‘li bilan qo‘lga kiritish maqsadida, Chilonzor tumani, 16-mavze hududida, fuqaro U.D.B.ning ishonchiga kirib, sotib berish bahonasida unga tegishli bo‘lgan jami bahosi 8.500 AQSh dollariga teng zargarlik tilla buyumlarini aldov yo‘li bilan egallab olgan. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan, Chilonzor tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik, ya'ni o‘zganing mulkini aldash va ishonchni suiiste'mol qilish yo‘li bilan qo‘lga kiritish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni S.E.Z. sodir etganliklari aniqlangan. 

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda. 

Top