Bugun, 5 sentabrdan Özbekistondagi barça banklarda jismoniy şaxslarga valyuta erkin sotilişi boşlandi. Ayni vaqtda tijorat banklarida valyuta ayirboşlaş şoxobçalarida mijozlar qulay şaroitlarda valyuta sotib olişmoqda.

Joylarda bölgan «Kun» muxbirlari hozirça ajiotaj kuzatilmayotgani, navbatlar yöqligini bildirişgan.

Şoxobçalarda 1875 dollargaça (15 000 000 söm) mablağni pasportsiz oliş mumkin. 

Valyuta sotib olmoqçi bölganlar uçun konversion karta oçiladi. Ular har 3 oyda 5000 dollargaça mablağ olişi imkoniyatiga ega bölişadi. 

Bloger Davronbek Tojialiyev feysbukdagi sahifasida bankda ilk xaridorga aylanganini yozib, suratlar ilova qilgan.

«Diqqat! Xayr qora bozor - salom bank! Ilk xarid amalga oşdi. Heç qanday pasport, nom yozilgan registratsiyalarsiz. 1$ = 8000 söm. Bozor bahosi 7500 söm. Bankda hozirça navbat yöq. Birinçi bölib men oldim. Bank xodimlari atrofimni örab olib, ilk kliyent deya tabriklaşdi!

15 000 000 ekvivalentgaça (1875$) pasport talab qilinmas ekan. 8150 sömdan dollar sotib oliş uçun karta oçilarkan va öşa kartaga tuşirib berişarkan», deya yozgan u.