19:45 / 05.09.2017
8457

Xitoyda BRIKS sammiti nihoyasiga yetdi

Foto:aa.com.tr

Xitoyda Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy va JAR yetakchilari ishtirokidagi BRIKS guruhi sammiti nihoyasiga yetdi.

Xitoyning janubidagi Syamen shahrida o‘tgan sammitda 3 mingdan ko‘proq mahalliy va xorijiy jurnalistlar, 80 ta davlat vakillari va 200 dan ortiq tadbirkor ishtirok etdi.

Sammit kun tartibida Shimoliy Koreyaning yadroviy sinovlari, korrupsiya va tijoriy proteksionizm, ko‘p tomonlama savdo tizimini qo‘llab-quvvatlash kabi masalalar turdi.

Bundan tashqari, sammit ishtirokchilari savdo, infratuzilma, iqtisodiyot, kiberxavfsizlik va elektron savdo sohalarida hamkorlikni muhokama qildilar. 

BRIKS’ning keyingi sammiti 2018 yilda JAR poytaxti Yoxannesburgda bo‘lib o‘tadi.

Mavzuga oid
Top