Inson huquqlarini himoya qiluvçi Human Rights Watch (HRW) xalqaro nohukumat taşkiloti uzoq yillik tanaffusdan söng yana Özbekistonda iş boşlaydi. Bu haqida 5 sentabr kuni «Taraqqiyot strategiyasi» markazida bölib ötgan forum doirasida ma'lum qilindi. 

Mazkur forumda Human Rights Watch xalqaro nodavlat taşkilotining Yevropa va Markaziy Osiyo böyiça bölinmasi direktori Hyu Uilyamson va taşkilotning Markaziy Osiyo böyiça ofis direktori Stiv Sverdlov ham iştirok etdi. 

Endilikda xalqaro taşkilot yurtimizda faoliyat olib boruvçi NNT, fuqarolik jamiyati institutlari hamda OAV bilan yaqindan hamkorlikni örnatib, inson hayoti, qadr-qimmati, daxlsiz huquqlari, söz erkinligini himoya qilişda davom etadi. 

Forumda «Taraqqiyot strategiyasi» markazining ijroçi direktori, Jurnalistlarni qayta tayyorlaş markazi, «Tadbirkor ayol» işbilarmon ayollar uyuşmasi, «Istiqbolli avlod» ijtimoiy axborot markazi va boşqa taşkilotlar vakillari sözga çiqişdi. 

Stiv Sverdlovning ta'kidlaşiça, Human Rights Watch taşkiloti ba'zan mustaqil, ba'zan tanqidiy, ayrim hollarda unça ham yoqimli bölmagan, biroq har doim işonarli ma'lumotni töplaşga kömaklaşuvçi va inson huquqlari doirasida Özbekiston tomonidan qabul qilingan majburiyatlarga tavsiyalar beruvçi ovoz bölib xizmat qiladi. 

Ma'lumot örnida: Human Rights Watch taşkiloti 1978 yilda taşkil etilgan bölib, inson huquqlari va erkinliklarini himoya qiliş sohasida monitoring olib boriş, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi va boşqa umume'tirof etilgan hujjatlarda inson huquqlariga oid xalqaro normalarga rioya etilişi töğrisidagi hisobotlarni e'lon qiliş bilan şuğullanadi.