08:09 / 05.09.2017
3096

Makron Venesuela muxolifati bilan uchrashdi

Foto: AP

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Parijda Venesuela muxolifati bilan muzokaralar o‘tkazdi, deya xabar qilindi Yelisey saroyi saytida.

Ta'kidlanishicha, Venesuela delegatsiyasiga milliy assambleya (parlament) raisi Xulio Borxes boshchilik qilgan.

«Uchrashuv mamlakatda kuzatilayotgan jiddiy siyosiy va gumanitar inqiroz haqida fikr almashish imkonini berdi», - deyiladi xabarda.

Makron Venesuela muxolifatchilari bilan muloqotda «muxolifatga nisbatan qabul qilingan repressiv choralarni qoralab, huquqiy davlat prinsiplari va Venesuelada sog‘lom demokratik jarayon boshlanishi g‘oyasi tarafdori ekanini ma'lum qilgan».

Uning so‘zlariga ko‘ra, Parij Venesuela hukumatidan signallar kelmayotgani sharoitida, ro‘y bergan holatga javobgar bo‘lgan shaxslarga nisbatan choralarni Yevropa darajasida muhokama qilishni boshlash niyatida.

Shuningdek, Makron bu siyosiy va gumanitar inqirozning asosiy qurbonlari bo‘layotgan venesuelaliklarga gumanitar yordam yetkazib berish haqida gapirgan.

Avvalroq Venesuelada neft bilan bog‘liq 200 mln dollarlik o‘g‘irlik holati tergov qilinayotgani xabar berilgandi.

Mavzuga oid
Top