12:49 / 05.09.2017
19024

“Milliy tiklanish” DP partiya Dasturini takomillashtirishda faol ishtirok etishga taklif etmoqda

Foto: “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi

O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy kengashi partiyaning Dasturini takomillashtirishda faol ishtirok etishga taklif etmoqda.

“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2017 yil 12 iyuldagi Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalar hamda O‘zbekiston ekologik harakati vakillari bilan bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishidagi ma'ruzasi hamda 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, partiya Dasturini quyidagi sohalar bo‘yicha takomillashtirish yuzasidan takliflarni qabul qiladi:

- partiyaning umumsiyosiy sohadagi vazifalari;

- partiyaning ma'naviy-ma'rifiy sohadagi vazifalari;

- partiyaning sud-huquq tizimini isloh qilish sohasidagi vazifalari;

- partiyaning iqtisodiy sohadagi vazifalari;

- partiyaning ijtimoiy sohadagi vazifalari;

- partiyaning axborot sohasidagi vazifalari;

- partiyaning tashqi siyosat sohasidagi vazifalari.

Partiya ilmiy-tadqiqot muassasalari professor-o‘qituvchilari, olimlar, iqtidorli va tashabbuskor yoshlar, iqtisodiyot, siyosat, madaniyat, san'at, axborot sohalari mutaxassislarini muhokamaga chorlaydi.

Ishtirokchilar o‘z takliflarini muhokama.mt@inbox.uz elektron manziliga joriy yilning 15 oktabr kuniga qadar O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy kengashiga taqdim etishi lozim.

Muhokamada ishtirok etish uchun maxsus jadval namunasini www.mt.uz/dastur_tanlov/namuna.docx havolasi orqali yuklab olishingiz mumkin.

Muhokamaga oid qo‘shimcha ma'lumotlar bilan partiyaning www.mt.uz veb-sayti hamda «MILLIY TIKLANISH» gazetasida tanishishingiz mumkin.

Amaldagi partiya dasturi bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.

Eng yaxshi taklif va g‘oya mualliflari partiya Markaziy kengashi huzurida faoliyat yurituvchi Ekspertlar guruhi hulosasi orqali aniqlanib, rag‘batlantiriladi.

Ma'lumot uchun telefonlar: (0-371) 239-45-77, 277-25-13

E-mail: muhokama.mt@inbox.uz

Top