10:41 / 05.09.2017
6043

JCh-2018. Polsha Qozog‘istonni yirik hisobda yengdi

JCh—2018 saralashining 7-turida kutilmaganda Daniyaga yirik hisobda mag‘lubiyatga uchrab, birinchi o‘rinni xavf ostida qoldirgan Polsha, 8-turda Qozog‘iston darvozasiga javobsiz 3ta gol urdi. Daniyaga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborgan Robert Levandovski bu o‘yinda jamoasi g‘alabasiga hissa qo‘shdi.

Gollarga Arkadiush Milik, Kamil Glik va Robert Levandovski mualliflik qilishdi.

Ye guruhidagi yana bir uchrashuvda Chernogoriya Ruminiyani kichik hisobda mag‘lub etdi (1:0). Gol muallifi Stevan Yovetich.

Mazkur turda Daniya ham muvaffaqiyat qozondi. Daniyaliklar Armanistonga safar qilib, 4:1 hisobidagi g‘alaba bilan qaytdi.

Guruhda Qozog‘iston, Ruminiya va Armaniston mundial yo‘llanmasidan umid uzishgan. Ayni paytda dastlabki 3 o‘rinda borayotgan jamoalarning barchasi Rossiya—2018 uchun raqobatni davom ettirmoqda.  So‘nggi ikki tur barcha masalaga oydinlik kiritib beradi.

JCh—2018. Saralash
«Ye» guruhi. 8-tur

Polsha – Qozog‘iston 3:0 (1:0)
Gollar: 1:0 – 11 Milik, 2:0 – 74 Glik, 3:0 – 86, penalti Levandovski.
Polsha – Fabianski, Glik, Ribus, Pishchek, Pazdan, Makushevski (Blashchikovski, 65), Monchinski (Bednarek, 89), Zelinski, Grositski (Teodorchik, 90), Milik, Levandovski.
Qozog‘iston –  Loriya, Logvinenko, Axmetov, Dmitrenko, Beysebekov (Tagibergen, 87), Murtazayev, Darabayev, Suyumbayev, Kuat, Shomko, Xijnichenko (SHCHetkin, 68).
Ogohlantirishlar: Dmitrenko (24), Suyumbayev (52), Logvinenko (62), Kuat (64).

Chernogoriya – Ruminiya 1:0 (0:0)
Gol: Yovetich (75).
Chernogoriya: Petkovich, Tomashevich, Savich, Stoykovich, Veshovich, Yankovich (Yovovich, 84), Vukchevich, Ivanich (Mugosha, 70), Marushich, Yovetich, Bechiray (Zverotich, 90).
Ruminiya: Teterushanu, Geman (Xanka, 81), Motsi, Kirikesh, Benzar, Kipchu, Marin (Stanchu, 64), Maksim, Toshka, Stanku, Andone (Belutse, 64).
Ogohlantirishlar: Kipchu (34), Veshovich (53), Motsi (85), Bechiray (85), Stoykovich (89).

Armaniston – Daniya 1:4 (1:2, 0:2)
Gollar: 1:0 – 6 Koryan, 1:1 – 16 Dileyni, 1:2 – 29 Eriksen, 1:3 – 81 Dileyni, 1:4 – 90 Dileyni.
Armaniston – Meliksetyan, Ambartsumyan, Aroyan, Andonyan, Oganesyan, Mxitaryan, Yedigaryan, Ayrapetyan (Dagbashyan, 38), Koryan (O‘zbiliz, 76), Adamyan (Barsegyan, 58), Grigoryan.
Daniya – Shmeyxel, Ker, Larsen, Dalsgor, Belland, Kvist, Dileyni, Eriksen, Sisto (Fisher, 67), Yorgensen, Kornelius (Shene, 78).
Ogohlantirishlar: Andonyan (26), Aroyan (28), Kornelius (66), Mxitaryan (89).

Top