Jahon | 23:44 / 06.09.2017
8389
1 daqiqa o‘qiladi

BMT: Bangladeshga qochgan rohingya musulmonlari soni 300 minggachani tashkil qilishi mumkin

Foto: AP Photo / Bernat Armangue

Myanmadan Bangladeshga qochgan rohingya millatiga mansub qochqinlar soni ayni vaqtda baholanayotganidan ikki barobar ko‘proq, ya'ni 300 minggachani tashkil qilishi mumkin. Bu haqda BMTning Butunjahon oziq-ovqat dasturining Bangladeshdagi vakili Dipayan Bxattachariyga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda. 

Avvalroq 146 ming rohingya-qochqinlari haqida xabar qilinayotgandi.

Bundan kelib chiqib, Butunjahon oziq-ovqat dasturi 4 oy davomida 300 ming qochqinni yuqori kaloriyali biskvit va guruch bilan ta'minlash uchun qo‘shimcha 13,3 mln dollar mablag‘ga ehtiyoj sezadi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid