09:16 / 06.09.2017
8816

BMT bosh kotibi Koreya yarimorolidagi harbiy harakatlarning “dahshatli” oqibatlaridan ogohlantirdi

Foto: Reuters

BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish Koreya yarimorolidagi vaziyatga izoh berdi. Jumladan, u barcha manfaatdor tomonlarni muloqotga intilishga va Shimoliy Koreya raketa-yadro dasturi bilan bog‘liq muammolarni siyosiy yo‘l bilan hal qilishga chaqirdi.

Guterrishning fikricha, Koreya yarimorolidagi harbiy harakatlar “kutilmagan” va “dahshatli” oqibatlarga olib kelishi mumkin. Shu bilan birga u Koreya inqirozini tinchlik bilan hal qilishga qaratilgan barcha sa'y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.

Guterrish BMT Xavfsizlik kengashi a'zolarining Pxenyanning yangi yadro sinovi xususida fikrlari yakdilligini qayd qilib o‘tdi. “Bu yakdillik keskinlikni kamaytirish, ishonchni mustahkamlash va nizoning kengayishi oldini olishga qaratilgan diplomatik sa'y-harakatlarga imkoniyat yaratadi”, deb aytgan Gutterish.

Mavzuga oid
Top