08:37 / 06.09.2017
4702

Fransiya sobiq davlat kotibi hujum tufayli siyosatdan ketishga qaror qildi

Foto: AFP

Fransiya sobiq davlat kotibi Jan-Vinsen Plase Parijga o‘ziga hujum uyushtirilgani sababli siyosatdan ketishga qaror qildi. Bu haqda BFMTV telekanali Plasening bayonotiga asosan xabar tarqatgan.

«Menga siyosat juda yoqadi, biroq bu tajovuzkorlik sabab u bilan shug‘ullanishni to‘xtatish haqida o‘ylamoqdaman», - dedi u.

Plase Fransiya sobiq prezidenti Fransua Ollandning ma'muriyatida davlat islohotlari masalalari bo‘yicha davlat kotibi lavozimini egallagan. Ayni damda u Eson departamentidan senator bo‘lib turibdi.

Avvalroq Fransiyaning amaldagi rahbari Emmanuel Makron yevropaliklarga millatchilar bo‘yicha chaqiriq bilan chiqqandi.

Top