Jamiyat | 09:19 / 06.09.2017
58343
1 daqiqa o‘qiladi

IIBB o‘qqa tutilgan avtomobil bo‘yicha rasmiy ma'lumot berdi

2017 yil 4 sentabr kuni taxminan soat 13:30 larda noma'lum shaxs, Uchtepa tumani hududida qarovsiz qoldirilgan, fuqaro B.A.A.ga tegishli bo‘lgan «Spark» rusumli avtoulovini olib qochganligi aniqlangan, deb xabar bermoqda Toshkent IIBB.

Mazkur holat yuzasidan Uchtepa tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Jinoyat ishi yuzasidan olib borilgan tezkor qidiruv natijalariga ko‘ra, mazkur avtomashina fuqarolar, yo‘lovchilar va haydovchilarga zarar yetkazmaslik maqsadida quroldan foydalangan holda harakatlanishiga chek qo‘yilib, to‘xtatildi. 

Avvalroq Toshkentda o‘g‘irlangan avtomobil o‘qqa tutilgani xabar berilgandi.

Mavzuga oid