13:55 / 06.09.2017
7312

iPhone 8 suv o‘tkazmaydigan korpusga ega bo‘lishi kutilmoqda

Foto: gadgetsnow.com

Apple'ning yangi iPhone 8 smartfoni IP67 standartiga muvofiq suv o‘tkazmaydigan korpus bilan ta'minlanishi kutilmoqda. Qator nashrlar shu haqida xabar tarqatdi. 

Apple kompaniyasining navbatdagi iPhone 8 smartfoni taqdimotiga atigi bir kun qoldi. Gadjyetlar bozorida eng orziqib kutilayotgan smartfonlardan birining relizi arafasida mish-mishlar yanada avj olmoqda. Bu safar manbalardan biri qurilma korpusi bilan bog‘liq yangilik bilan bo‘lishdi. Uning ta'kidlashicha, yangi smartfon korpusi shishadan ishlanib, IP67 standartiga muvofiq bo‘ladi. Bu toifa qurilmalarning qisman suvga chidamli ekanini bildiradi. 

Agar uni bir necha soniyaga suvga tushirilsa, u namlanishga ulgurmaydi. Bu ko‘pgina kundalik vaziyatlarda foydali bo‘lishi mumkin, biroq ko‘plar iPhone 8 yordamida suv osti s'yomkalarini amalga oshirish istagi haqida ma'lum qilishmoqda. 

Qurilmani suv ostiga olib tushib, bir necha surat olish va suvdan chiqarib, artib tashlash mumkin. Yangi qurilma shunisi bilan yanada mashhur bo‘lishi mumkin. Bugunga qadar "olma" korporatsiyasi yubiley qurilmaga doir barcha ma'lumotlarni sir tutib kelmoqda. Brend muxlislari amerikalik ishlab chiqaruvchilarning bu safar qanday "sovg‘a" tayyorlab qo‘yganlari borasida hanuz tasavvurga ega emas. 

 

Top