12:42 / 06.09.2017
9452

Misr prezidenti qamoqxonalardagi qiynoqlarga ko‘z yumib kelishda ayblanmoqda

Foto: AP

Xalqaro huquq himoyachilari chorshanba kuni e'lon qilgan 63 varaqli hisobotda aytilishicha, Misr prezidenti Abul Fattoh al-Sisiy jazoni o‘tash mahkamalarida noqonuniy ishlab chiqilgan tizimli qiynash jazosiga ko‘z yumib kelmoqda.

«Joriy yilning boshida Oq uy tomonidan iliq kutib olingan, AQShning Yaqin Sharq mintaqasidagi ishonchli ittifoqchisi mamlakatdagi barqaror holatni saqlab qolish uchun har qanday chegarani bosib o‘tmoqda», deyiladi hisobotda.

Bosh shtabi Nyu-York shahrida joylashgan tashkilotning Yaqin Sharq masalalari bo‘yicha vakili Jo Storkning aytishicha, «prezident mahalliy politsiya va Milliy xavfsizlik xodimlariga jazoni turli yo‘llarda qo‘llashga ruxsat bergan».

Ayni paytda qamoqxonalarda saqlanayotgan eng ko‘p mahbuslar «Musulmon birodarlar» tashkilotiga mansub hamda 2011 yilda katta kuch to‘plab davlat to‘ntarishini amalga oshirishda faol ishtirok etgan. Shundan so‘ng, guruh qo‘llab-quvvatlagan nomzod Muhammad Mursiy 2013 yili harbiylar uyushtirgan davlat to‘ntarishi oqibatida lavozimidan ketgandi.

Mavzuga oid
Top