19:40 / 06.09.2017
8431

Moldova prezidenti hukumat xohishiga qarshi bormoqda

Foto: Kyiv Post

Amaldagi Rossiya hukumatini qo‘llab-quvvatlab kelgan Moldova prezidenti Igor Dodon mamlakat harbiylari Ukrainada o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan o‘quv-mashg‘ulotlarida qatnashishini ko‘zda tutuvchi hukumat loyihasiga taqiq qo‘ydi. Bu vaqt mobaynida Belarus hududida Rossiya harbiy kuchlari ham "Zapad-2017" harbiy o‘quv-mashg‘ulotlarini o‘tkazishni rejalashtirgan.

Bu vaziyat Moldova tashqi siyosatida bir necha yillardan kuzatilib kelingan tarqoqlikni yaqqol yuzaga olib chiqmoqda, ya'ni hukumat AQSh va Yevropa Ittifoqi sari intilsa, mamlakat prezidenti Rossiya va sharqqa yon bosadi.

Bugungi holatda Moldova hukumati deyarli NATO alyansiga a'zo davlatlari ishtirok etishi ko‘zda tutilgan Ukrainadagi o‘quv-mashg‘ulotlarga 57 nafar harbiyni yuborishni maqsad qilib turgan edi. Endilikda joriy yilning 8-23 sentabr kunlarida yetakchi davlatlar, jumladan AQSh va Turkiya ishtirokida o‘tkazilishi belgilangan tadbirda Moldova qatnashishi shubha ostida qolmoqda.

Qayd etish kerakki, Moldova hukumati bilan Rossiyaning aloqalari o‘tgan 3 yil mobaynida turli iqtisodiy, diplomatik nizolar tufayli yomonlashib bormoqda.

Mavzuga oid
Top